» » GM Uzbekistan dilerlik korxonalari tomonidan iste’molchilar huquqini cheklash holatlariga barham beradi

GM Uzbekistan dilerlik korxonalari tomonidan iste’molchilar huquqini cheklash holatlariga barham beradi


“O‘zbekiston” telekanali orqali ko‘p sonli fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida tashkil etiladigan “Muloqot va manfaat” teleko‘rsatuvining navbatdagi soni yengil avtomashinalarni xarid qilish bilan bog‘liq vaziyatlar muhokamasiga bag‘ishlandi, deb yozadi “1News.uz”.

Davlat raqobat qo‘mitasi vakili Dilshod Azimov GM Uzbekistan aksiyadorlik kompaniyasiga dilerlik korxonasi bilan tuzilgan shartnomalarda iste’molchilar huquqlarini cheklovchi holatlarni tartibga solish yuzasidan takliflar bildirilgan rasmiy murojaat orqali chiqqani to‘g‘risida ma’lum qildi.

“Bu boradagi mavjud muammolardan biri, plastik karta orqali to‘lovni amalga oshirish masalasining shaffof ko‘rsatilmaganligidir”, — deydi Azimov.

Shartnomalarda naqd pul va plastik kartalar orqali ham to‘lovni amalga oshirish qayd etilganligiga qaramasdan, amalda bu jarayon faqatgina naqd pul orqali amalga oshirilayotgani aytib o‘tildi. Bundan tashqari, to‘lovlarning 85 foiz miqdorda belgilab qo‘yilishini ko‘rib chiqish kerakligi, mavjud qonunchilikdagi mavjud normalardan kelib chiqqan holda 15 foizdan kam bo‘lmagan miqdordagi to‘lovni amalga joriy qilish taklifi o‘rtaga tashlandi.

Avtomobillarni yetkazib berish muddatini butlovchi qismlarni ikki oy muddatda kirib kelishinni hisobga olib 90 kundan oshmagan muddatni belgilash masalasi ko‘tarildi.

Shuningdek, iste’molchi avtomashina uchun to‘liq to‘lovni amalga oshirgandan keyin avtomobil narxining oshib ketishi natijasida to‘lov ustiga qo‘shimcha qilish holatini tartibga solish borasida aniq takliflar berilgan. Xususan, iste’molchi to‘lovni 100 foiz amalga oshirgan taqdirda dilerlik korxonasi mahsulotni belgilangan mudatda yetkazib bermasa va narx ushbu jarayondan keyin oshadigan bo‘lsa, bevosita oshish jarayonidagi to‘lovni faqatgina belgilab berilmagan kunlar uchun joriy qilish masalasi ham taklif sifatida berildi. Bundan tashqari, avtomashinani yetkazib berish muddatdan o‘tkazib yuborilgan hollarda dilerlik korxonasining o‘tkazib yuborilgan kun uchun to‘lab beruvchi penyasi bilan iste’molchining avtomobildan voz kechgan holatlar uchun to‘lovchi penyasi o‘rtasida teng bo‘lmagan vaziyatlarni bartaraf etish borasida Davlat raqobat qo‘mitasi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va GM Uzbekistan korxonasiga rasmiy tarzda murojaat qilgan.

Avtomobilni xarid qilish chog‘ida dori qutisi, uchburchak belgisi, o‘t o‘chirish moslamasidan iborat buyumlarni majburiy qo‘shib sotish natijasida iste’molchi huquqlarini poymol qilinayotgani ham muhokama etildi.

Avtomobillarni sotib olgandan so‘ng, belgilangan kafolat muddati ichida shikoyat bilan murojaat qilgan fuqarolarga nisbatan turli asossiz vajlar bilan muammosi hal qilib berilmayotganligi xususida ham to‘xtalindi. Agarda iste’molchi dilerlik korxonalari sayti orqali mavjud ehtiyot qismlarini onlayn tarzda ko‘rib tursa, bu boradagi tushunmovchiliklar o‘z yechimini topishi aytildi.

Davlat raqobat qo‘mitasi vakilining ushbu fikrlariga nisbatan GM Uzbekistan korxonasi rahbari muammolarni bartaraf etish borasida ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют