» » O‘zbekistonda yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy notariuslik bilan shug‘ullanishga ruxsat etildi

O‘zbekistonda yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy notariuslik bilan shug‘ullanishga ruxsat etildi


O‘zbekistonda yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy notariuslik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berishni ko‘zda tutuvchi “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qaror bilan Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga oradan 10 yil o‘tib xususiy notariuslar qaytmoqda. Endi davlat notariuslari nima bo‘ladi?

Unga ko‘ra, xususiy notarius faoliyatini litsenziyalash, ularni hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarish Qoraqalpog‘iston Adliya vazirligi, hududiy adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Nizomga ko‘ra, xususiy notarius yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritadi, bankda hisobvaraq ochadi, xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzadi, ish faoliyatini tashkil etish uchun mutaxassislar va yuridik shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzish huquqiga ega.

Xususiy notarius o‘z faoliyatini boshlashdan oldin fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qildirishi shart.

Notariusning nomida “xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius” so‘zlari bo‘lishi, tegishli tuman, shahar ko‘rsatilishi lozim. Xususiy notariusning muhri Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona namunaga muvofiq tayyorlanadi.

Xususiy notarius stajyor, yordamchi, kotib, notarial faoliyatni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa xodimlarga (tarjimon, kuryer va boshqalar) ega bo‘lishi mumkin. Xususiy notarius o‘zining ish va dam olish vaqtini mustaqil belgilaydi.

Notarial harakatlar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Xususiy notarius tomonidan undiriladigan tushumlar davlat budjetiga soliqlar va boshqa to‘lovlar to‘langandan so‘ng notariusning tasarrufiga o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют