» » Sudyalar Oliy kengashi G‘uzor hokimini yolg‘on gapirishda aybladi

Sudyalar Oliy kengashi G‘uzor hokimini yolg‘on gapirishda aybladi


O‘zbekiston Sudyalar Oliy kengashi G‘uzor tumani hokimi Sa’dulla Boboqulovni yolg‘onchilikda aybladi. Ta’kidlanishicha, hokim fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudi raisi Sattor Aqanovning o‘zini tutishidan norozi bo‘lib, Sudyalar Oliy kengashiga murojaat qilmagan.

Internetda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan muloqot o‘zini G‘uzor tumani hokimi yordamchisi Hasan deya tanishtirgan shaxsning Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudining raisi Sattor Aqanovga qo‘ng‘iroq qilib, hokim so‘rayotganini aytishi bilan boshlanadi.

Telefon go‘shagini olgan hokim sud raisining salom bermaganiga e’tibor qaratib, “Yoshingiz kichik, salom bersangiz bo‘ladi-ku?!”, deydi. Sud raisi esa “protsessda ekanini” aytar ekan, hokimdan nima uchun qo‘ng‘iroq qilayotganini so‘raydi.

Shunda hokim: “Hozir gaplashishga vaqtingiz yo‘qmi, qachon vaqtingiz bo‘ladi?”, deb so‘ragan. Sudya hokimga qabuliga kelishi mumkinligini aytgan. Bunga javoban hokim sudya uning qabuliga kelishi lozimligini ta’kidlagan. Sud raisi: “Qabulingizga bormayman, kechirib qo‘yasiz”, — deb javob bergan.

Mavzuga doir: “Hokimlar qarg‘aga o‘xshab qoldik, kim ko‘rsa haydayapti”. G‘uzor hokimi sudya bilan muloqotini izohladi

Sudya bilan bo‘lgan va audiosi internetda tarqalib ketgan suhbatini izohlarkan, G‘uzor hokimi Sa’dulla Boboqulov Sudyalar Oliy kengashiga xat bilan chiqib, mazkur holat haqida bildirilganiga qaramay, javob bo‘lmaganini ta’kidlagan edi. Shuningdek, hokim “jamiyatda hokimlar obro‘si tushib ketayotgani” haqida gapirgan edi.

Hokim Boboqulovning so‘zlariga Sudyalar Oliy kengashi munosabat bildirdi. Unda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda sudyalar xalq deputatlari Kengashlari majlislarida hisobot bermaydi.

Sudyalar xalq deputatlari Kengashlari majlislarida hisobot bermaydi. Aksincha, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunining 24-moddasiga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari majlisida bir yilda kamida bir marta fuqarolar huquqlari va erkinliklari, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risida axborot beradi.

Ayni paytda, Sudyalar Oliy kengashi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv va G‘uzor tumani hokimi Sa’dulla Boboqulovning maqolada keltirgan vajlari yuzasidan, shu jumladan, hokim tomonidan sud ishlarini hal etishga aralashish, sudyaga nisbatan qonunga xilof ravishda ta’sir (bosim) o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘yilganligini aniqlash yuzasidan tekshiruv boshlangan. Tekshiruv natijalari ma’lum qilinadi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida, sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash biz uchun eng ustuvor vazifa ekanligi, ayniqsa, sud biron-bir mansabdor shaxsning qo‘li etadigan idoraga aylanib qolishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik shartligi, shu sababli sud ishlariga aralashgani yoki sudga bosim o‘tkazgani uchun javobgarlikni kuchaytirish lozimligi haqida ta’kidlab o‘tgan.

Sudyalar oliy Kengashining ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar sho‘basi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют