» » Adliya vaziri o‘rinbosari bog‘cha va maktablar yopilsa-da, tarbiyachi va o‘qituvchilar ishlashda davom etayotganiga izoh berdi

Adliya vaziri o‘rinbosari bog‘cha va maktablar yopilsa-da, tarbiyachi va o‘qituvchilar ishlashda davom etayotganiga izoh berdi


O‘zbekistonda karantin tufayli e’lon qilingan ta’til faqat bog‘cha tarbiyalanuvchilari, maktab o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalariga taalluqli. Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulovning ta’kidlashicha, ish beruvchi va mutasaddi vazirlikning buyrug‘i chiqqan taqdirdagina tarbiyachi va o‘qituvchilar ham ta’tilga chiqishi mumkin, ungacha ular xizmat vazifalarini bajarishi shart.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xodimlarga ta’til berish masalasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi kerak.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus aniqlandi, Navro‘z bekor qilindi, maktab va bog‘chalar ta’tilga chiqdi. Asosiy ma’lumotlar

“Hozirgi kunda bu masalada hukumat komissiyasi qarori yo‘q. Ta’til tarbiyalanuvchi, o‘quvchi va talabalarga berildi. Maxsus komissiya qaroriga asosan, maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalariga ta’til berildi. Buni to‘g‘ri tushunishimiz kerak — darslar o‘quvchilarning yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun bu tadbir ularga nisbatan tatbiq qilinyapti”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Kun.uz”.

Vazirning qayd etishicha, davlat idoralari yoki ta’lim muassasalarining xodimlariga ta’til belgilangani yo‘q.

“Majburiy ta’til berish holatlari, ya’ni xodimga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik belgilanganda yoki u kasal bo‘lganda, ishga kelishi shart emas, bu haqda ish beruvchini xabardor qilsa, kifoya. Bunday holatda kasallik varaqasi ochiladi, shunga asosan xodim ishga kelmaydi. Boshqa holatlarda xodimlar ma’muriyat buyrug‘i qabul qilinmagunicha ishga kelishi kerak”, — dedi Akbar Toshqulov.

Mavzuga doir: Sherzod Shermatov maktablarda qaysi xodimlar faoliyatini ish joyida amalga oshirishi haqida ma’lumot berdi

Vazir o‘rinbosari bunday vaziyatda maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi va oliy ta’lim muassasalari ma’muriyatlari zimmalariga qonun bilan yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib ish tutishlari, xodimlarning huquq va manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishlari kerakligini ta’kidladi.

“Maxsus komissiya barcha o‘qituvchilarga ham karantinni joriy qilish bo‘yicha qaror qabul qiladigan bo‘lsa, ular ham karantin munosabati bilan ishdan ozod qilinadi va ularga qonunchilikda belgilangan miqdorda nafaqa to‘lanadi. Agar karantin joriy qilinishi xodimlarga nisbatan ham bo‘lsa, bunday holatda ham ish beruvchilar ish haqini ma’lum qismini saqlagan holda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik joriy qilinadi”, — dedi.

Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik joriy etilganida, xodim 8 yildan ortiq ishlayotgan bo‘lsa, unga ish haqining 80 foizi miqdorida, undan kam ishlayotgan bo‘lsa, 60 foizi miqdorida ish haqini to‘lab berish majburiy bo‘ladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют