» » O‘zbekistonda karantin vaqti ko‘chada yurgan bolalarning ota-onalari jarimaga tortilishi rad etildi

O‘zbekistonda karantin vaqti ko‘chada yurgan bolalarning ota-onalari jarimaga tortilishi rad etildi


O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda bu borada yolg‘on va asossiz ma’lumotlar tarqala boshladi.

Do‘konlarda, avtobuslarda va ko‘chalarda bolalar aniqlansa, ota-onalari jarimaga tortilishi, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida maktablarda reydlar o‘tkazilishi, qo‘shimcha darslar yoki to‘garaklarda ishtirok etayotgan o‘quvchilar aniqlansa, maktablar jarimaga tortilishi kabi xabarlar shular jumlasidandir.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibining ma’lum qilishicha, bu kabi ma’lumotlar asossiz bo‘lib, O‘zbekistonda barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va oliy ta’lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida 16-martdan karantinga yopilgan. Bu haqda 15-mart, yakshanba kuni, bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Jinoyat kodeksining 244-1-moddasiga muvofiq, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash 44 million 600 ming so‘mdan 89 million 200 ming so‘mgacha (bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda) jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish esa 66 million 900 ming so‘mdan 89 million 200 ming so‘mgacha (bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda) jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yuqoridagi harakatlar:

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют