» » Koronavirus sababli O‘zbekistondan chiqib ketishga ulgurmagan xorijiy fuqarolar vizalarining amal qilish muddati 10-aprelgacha uzaytirildi

Koronavirus sababli O‘zbekistondan chiqib ketishga ulgurmagan xorijiy fuqarolar vizalarining amal qilish muddati 10-aprelgacha uzaytirildi


Ayni paytda O‘zbekistonda bo‘lib turgan hamda barcha avia va avtomobil qatnovlarining to‘xtatilishi sababli mamlakatdan chiqib keta olmagan chet el fuqarolarining vizalari muddati avtomatik tarzda 2020-yilning 10-apreligacha uzaytirildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha cheklov choralari munosabati bilan Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda bo‘lgan va ketishga ulgurmagan xorijiy fuqarolarga ilgari berilgan vizalarining amal qilish muddatini avtomatik tarzda 2020-yil 10-aprelgacha uzaytirish haqida qaror qabul qildi.

Shuningdek, O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolarga mamlakatda 2020-yil 10-aprelgacha qolishga ruxsat beriladi. Ushbu toifadagi chet el fuqarolariga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15-mart kuni koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etilgani sababli xorijiy mamlakatlar bilan barcha avia va avtoqatnovlar to‘xtatildi. Chet elda qolgan vatandoshlar charter reyslarida qaytarilishi ma’lum qilindi.

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaganini ma’lum qilgan edi.

Hozircha O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 11 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют