» » COVID-19 koronavirusining vaksinalari qaysi davlatlarda ishlab chiqilmoqda va qachon paydo bo‘ladi?

COVID-19 koronavirusining vaksinalari qaysi davlatlarda ishlab chiqilmoqda va qachon paydo bo‘ladi?


AQShda COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina ishlab chiqish bo‘yicha klinik sinovlar boshlangan, vaksina Vashingtondagi Salomatlik milliy instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Butun dunyoda infeksiyaga qarshi kurashishning turli vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot markazlari tomonidan ishlar olib borilmoqda, olimlarning taxminiga ko‘ra, vaksinani ishlab chiqishga bir necha oy vaqt talab qiladi.

Vaksina ishlab chiqish jarayoni ustida bir nechta davlatda ishlar olib borilmoqda

Xitoy yangi turdagi koronavirusning shtammi haqida ma’lumot bergach, olimlar infeksiyaga qarshi kurasha oladigan vaksina ustida bosh qotirishni boshlab yubordi. XXR, Janubiy Koreya, AQSh, Isroil, Germaniya, Kanada, Niderlandiya, Fransiya va COVID-19 tarqalgan boshqa mamlakatlarda vaksina ishlab chiqish yuzasidan tajribalar o‘tkazilmoqda. Ushbu tadqiqotlarda turli institutlar va tijorat kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Yanvardan beri Rossiya tadqiqot institutlari ham vaksina ishlab chiqish ustida bosh qotirmoqda. Ular safiga tirik virus bilan ishlay olmaydigan, lekin davlatga o‘z ishlanmalarini berishga tayyor tashkilotlar ham ko‘mak bermoqda. Pretsezion va regenerativ tibbiyot ilmiy-klinik markazi direktori Albert Rizvanov qozonlik olimlarning yozda vaksinani sintezlab, uni hujayralar va tajriba hayvonlarida sinovdan o‘tkazmoqchi ekanini bildirdi.

“Vaksina hayvonlar tanasiga yuborilgach ularda virus hujayralariga qarshi kurashuvchi antitela ishlab chiqara olish yoki olmasligi kuzatiladi”, — deydi Rizvanov.

Agar vaksina hayvonlarda koronavirusga qarshi immunitet paydo qila olsa, qozonliklar davlat idoralari bilan bog‘lanib, ulardan klinik tadqiqotlarga qadar va klinik tadqiqotlarda vaksinani sinovda o‘tkazishni so‘rashi mumkin.

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova mamlakatda vaksina ishlab chiqish jarayoni tezlashtirilishini ma’lum qilgan va Novosibirskdagi “Vektor” davlat ilmiy tadqiqot markazida beshta yo‘nalish bo‘yicha 13 variantdagi vaksina ishlab chiqilayotganini bildirgan.

AQSh vaksinani birinchi bo‘lib odamlarda sinovda o‘tkazishni boshladi

Ayrim davlatlardagi tadqiqotchilar COVID-19’ga qarshi vaksina ishlab chiqishda sezilarli yutuqlarga erishdi. Kanadaning Saskachevna universiteti olimlari preparatni hayvonlarda sinovdan o‘tkazmoqda. Ammo odamlarda test qilish borasida hali ham ikkilanish mavjud. Ishni yakunlashlari uchun taxminan bir yil vaqt talab etiladi.

Niderlandiyada Utrext va Erazma Rotterdam universitetlari koronavirusni bloklay oladigan antitelani birinchi bo‘lib topganini e’lon qilgan. Hujayra biologiyasi professori Frank Grosvelding so‘zlariga ko‘ra, antitela kasallikni davolashda yordam berishi mumkin, lekin asosiy maqsad — infeksiyani oldini olish va kasallik profilaktikasi.

Niderlandiyalik olimlar katta ilmiy yutuqqa erishilgani, biroq ushbu metodni boshqalar ham tekshirib ko‘rishi lozimligini qayd etgan. Antitelaning sinoviga bir necha oy vaqt talab qilinadi va vaksinaning tayyor bo‘lishiga bir necha yil ketadi.

Eng katta progress AQSh salomatlik milliy institutida (NIH) va Moderna biotexnologik kompaniyasida kuzatilgan. 16-martdan Sietldagi Kaiser Permanente tadqiqotlar klinikasida ular ishlab chiqqan vaksinaning sinovlari boshlandi. Test uchun 45 nafar sog‘lom odamlar (ko‘ngillilar) tanlab olindi, ulardan biriga dori vositasi yuborilgan.

Mavzuga doir:

Birinchi bosqichda vaksinani samaradorlik ko‘rsatkichi emas, balki salbiy ta’sirlari o‘rganiladi, shu sababli tadqiqot ishtirokchilariga COVID-19 koronavirusi yuborilmagan. NIH va Moderna tez sur’atlarda preparatni klinik tadqiqotlar miqyosigacha olib chiqdi, lekin olimlar ishlab chiqarishga qo‘yiladigan vaksina uchun bir yildan 18 oygacha bo‘lgan vaqt talab etilishini bildirgan.

Nima uchun vaksinaning yaratilishiga buncha ko‘p vaqt ketmoqda?

Odamlar koronavirus pandemiyasi boshlanganidan bir yil vaqt o‘tgach ham unga qarshi emlana olmaydi. Hatto, test qilish hayvonlardan odamlarga o‘tgan paytda ham sinovlarga bir necha oy vaqt talab etiladi. Ular bosqichma-bosqich o‘tkaziladi, har bir jarayonni o‘rganishga oylar yoki yillar kerak bo‘ladi. Vaksina o‘nlab, yuzlab, minglab ko‘ngillilardan iborat guruhlarda samaradorlik borasida tekshirilishi lozim. Ushbu jarayon amalga oshganidan keyingina litsenziya taqdim qilinadi.

Mavzuga doir: Xitoy yangi koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini aprel oxirida boshlashi mumkin

Tasdiqdan o‘tkazilgach vaksinani ishlab chiqarish bosqichiga o‘tiladi. Bunday hajmdagi vaksinalarni ishlab chiqarish murakkab va qimmatga tushadi va laboratoriya, ishlab chiqish preparatlari bilan ishlab chiqaruvchi shug‘ullana olmaydi. Bunda sifat nazorati masalasi ham yuzaga chiqadi, deya qayd etgan virusolog Ketrin Stivenson.

Molekulyar immunolog Devid Vaynerning aytishicha, ko‘plab kompaniyalar vaksinaga investitsiya kiritishdan hadiksiramoqda, sababi vaksina bozorda paydo bo‘lganidan keyin epidemiya keskin kamayib ketishi mumkin.

“Ulkan dori sanoati bunga aralashishdan qo‘rqadi, sababi kasallik kamaya boshlagach loyihaga tikilgan pullar ham yo‘qola boshlaydi”, — deydi Vayner.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют