» » Tramp: AQSh KXDRga zarba berishdan oldin Seul va Tokio bilan maslahatlashadi

Tramp: AQSh KXDRga zarba berishdan oldin Seul va Tokio bilan maslahatlashadi


AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abega Vashington KXDRga nisbatan qandaydir xatti-harakatlarni, shu jumladan, harbiy xususiyatga ega harakatlarni amalga oshirishdan oldin Tokio bilan maslahatlashadi, deb va’da berdi. “TASS” yozishicha, bu haqda ikki davlat yetakchilari yaqinda bo‘lib o‘tgan telefon suhbati chog‘ida gaplashgan.

Kyodo agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uy rahbari KXDRga qarshi harbiy kuch ishlatilgan taqdirda Yaponiya qanday xavf bilan to‘qnash kelishi yuzasidan tushunish bildirgan. Tokiodagilar voqea bunday tus olsa, mamlakat Pxenyanning javob zarbasi obyektiga aylanishidan xavfsiramoqda. Suhbat chog‘ida, shuningdek, Tramp Abedan AQShning KXDRga nisbatan yo‘nalishi Barak Obama rioya qilib kelgan “strategik sabr-bardosh”dan “kuch orqasidan tinchlik”ka o‘zgargani yuzasidan tushunishga erishdi.

Bundan tashqari, manbalarga ko‘ra, Amerika prezidenti Yaponiya bosh vaziriga Vashington KXDR bilan ishlaydigan Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalarning yangi paketini tayyorlab qo‘yganini ma’lum qildi, ular Pekin Pxenyanning raketa-yadro dasturiga nuqta qo‘yishga urinishda hamkorlik qilmagan taqdirda, joriy etiladi.

Shuningdek, Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yun Byon Se parlament deputatlariga AQSh KXDRga nisbatan qandaydir jiddiy choralar ko‘rishidan oldin Seul bilan maslahatlashini ma’lum qildi.

Опубликовано: admin (13-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют