» » “Real” Beylni tekinga qo‘yib yuboradi

“Real” Beylni tekinga qo‘yib yuboradi


Hujumchi Garet Beyl 2020-yilning yozida “Real” safini tark etadi.

Daily Mail’ning xabar qilishicha, madridliklar jamoasi futbolchini tekinga qo‘yib yuborishga tayyor. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilga qadar mo‘ljallangan.

“Real” ustozi Zinedin Zidan uelslik futbolchini rejalariga kiritmayapti va klubga undan qutulishni maslahat bergan. “Real” rahbariyati ham kam o‘yin amaliyotiga ega futbolchi uchun yiliga 17 million yevro to‘lashni istamayapti va transfer borasida takliflar tushmasa ham o‘rtadagi shartnomani bekor qilishga tayyor.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqidan chiqqach Beyl legioner futbolchiga aylanib qoladi. La Liga esa Yevroittifoqdan bo‘lmagan faqat uch nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat beradi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Garet 14 o‘yin o‘tkazib, ikkita golga muallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют