» » Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari: Koronavirus hayvondan odamga yuqishi mumkin, lekin odamdan hayvonga yuqmaydi

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari: Koronavirus hayvondan odamga yuqishi mumkin, lekin odamdan hayvonga yuqmaydi


Koronavirus odamlardan hayvonga yuqadigan kasalliklar sirasiga kirmaydi. Bu haqda 17-mart, seshanba kuni, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Inspeksiya rahbarining ta’kidlashicha, koronavirus aslida hayvonlardan odamga yuqadigan virusli kasallik hisoblanadi.

“Lekin koronavirus odamlardan hayvonga yuqadigan kasalliklar sirasiga kirmaydi. Shuning uchun koronavirusni odamdan hayvonga yuqqan holati tasdiqlangan emas”, – deydi u.

Nurmat Otabekovning qo‘shimcha qilishicha, koronavirus 65 yil avval aniqlangan bo‘lib, asosan hayvonlarda uchraydigan virus hisoblanadi.

Mavzuga doir: “Sarimsoq piyoz ham antibakterial, ham antivirus preparat emas”. Bosh davlat sanitariya inspektori internetda tarqalgan xabarlarga izoh berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют