» » Xitoyda o‘tgan sutka ichida koronavirusni yuqtirish bilan bog‘liq 13 ta yangi holat qayd etildi

Xitoyda o‘tgan sutka ichida koronavirusni yuqtirish bilan bog‘liq 13 ta yangi holat qayd etildi


Xitoyda o‘tgan sutka ichida koronavirus infeksiyasini yuqtirish bilan bog‘liq 13 ta yangi holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotiga asoslanib, “RBK” xabar berdi.

Shu tarzda mamlakatda epidemiya boshlanganidan beri kasallanganlarning umumiy soni 80,8 ming kishiga yetdi.

Ulardan 69,6 ming nafari sog‘aygan. O‘tgan sutka davomida koronavirusdan tuzalish bilan bog‘liq 922 ta yangi holat qayd etilgan. Infeksiya tarqalganidan buyon 3237 kishi undan vafot etdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 187 mingdan oshib ketdi.

Kasallanganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyin Italiya turibdi. 17-mart holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusni yuqtirganlar soni 26 ming kishidan oshib ketgan. Bir sutka davomida ushbu ko‘rsatkich 2,9 mingtaga ko‘paygan.

Avvalroq dunyo bo‘ylab koronavirusdan vafot etganlar soni qariyb 8 mingga yetgani xabar qilingan edi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 11 nafarni tashkil etmoqda. Koronavirus aniqlangan 11-o‘zbekistonlik Dubaydan kelgan.

Bungacha 11-mart kuni Fransiyadan (virus 15-mart kuni aniqlangan), 14-mart kuni Buyuk Britaniyadan, 15-mart kuni Turkiyadan qaytgan uch fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Bundan tashqari, Fransiyadan qaytgan fuqaroning o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nevarasi va bir qarindoshida, Turkiyadan qaytgan fuqaroning rafiqasi va ular bilan bir reysda bo‘lgan bir fuqaroda ham kasallik aniqlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют