» » O‘zbekistonda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarning viza muddati avtomatik tarzda uzaytirildi

O‘zbekistonda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarning viza muddati avtomatik tarzda uzaytirildi


O‘zbekiston va barcha xorijiy davlatlar o‘rtasidagi avia va avtomobil qatnovlarini joriy yilning 16-martidan boshlab vaqtinchalik to‘xtatilishi munosabati bilan, respublikada bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarni o‘z mamlakatlariga yetkazish va chet davlatlardagi vatandoshlarni O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha charter reyslarni tashkil qilish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining xabar berishicha, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-mart kunidagi koronavirusning mamlakatga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida shunga doir qaror qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, karantin muddati davriga to‘g‘ri keluvchi turizm maqsadida xarid qilingan havo va temiryo‘llari chiptalari, shu jumladan, ichki qatnovlar uchun chiptalarni xaridorlar tomonidan qaytarilgan taqdirda, jarimasiz qabul qilish, chipta narxini xaridorga to‘liq qaytarish yoki boshqa muddatga ko‘chirish choralari ko‘riladi.

O‘zbekistonda bo‘lgan xorijiy mamlakat fuqarolarining viza muddati joriy yilning 10-apreligacha avtomatik tarzda uzaytiriladi.

Shuningdek, muayyan muddatga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar fuqarolariga ham (belgilangan muddat buzilgan taqdirda) istisno tarzida mamlakatdan chiqib ketishiga joriy yilning 10-apreliga qadar ruxsat beriladi.

Qayd etilishicha, yuqoridagi holatlarda ularga nisbatan hech qanday choralar ko‘rilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15-mart kuni koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etilgani sababli xorijiy mamlakatlar bilan barcha avia va avtoqatnovlar to‘xtatildi. Chet elda qolgan vatandoshlar charter reyslarida qaytarilishi ma’lum qilindi. Avvalroq TIV O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaganini ma’lum qilgan edi.

18-mart tongi holatiga ko‘ra,  O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 11 kishini tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha bir qator profilaktik cheklovlar joriy etiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют