» » Turkiyada koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi

Turkiyada koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi


Turkiyada koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi. “RBK”ning Anadolu’ga tayanib xabar berishicha, bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Xo‘ja ma’lum qildi.

Uning aytishicha, kasallikdan 89 yoshli bemor vafot etgan. “U virusni Xitoy safaridan qaytgan xodimidan yuqtirgandi”, — deya aniqlik kiritgan Fahriddin Xo‘ja.

Vazirning ta’kidlashicha, mamlakatda umumiy hisobda 98 kishi koronavirus bilan kasallangani tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 11-mart kuni Turkiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat qayd etilgandi. Mamlakat fuqarosi Yevropaga borganida koronavirusni yuqtirib olgan. U bilan aloqada bo‘lganlarning barchasi shifokorlar nazoratiga olingan.

Hukumat turoperatorlarga koronavirus tarqalishi munosabati bilan sayyohlik mavsumini boshlashga shoshilmaslikni tavsiya qilgan. Shuningdek, koronavirus pandemiyasi sababli barcha maktablar 16-martdan boshlab 1 haftaga yopilgan.

Avvalroq koronavirus AQShning barcha shtatlarida aniqlangani,  Qirg‘izistonda ham ilk bor koronavirusga chalinishning 3 ta holati qayd etilgani xabar berilgandi. Xitoyda esa o‘tgan sutka ichida koronavirus infeksiyasini yuqtirish bilan bog‘liq 13 ta yangi holat qayd etildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют