» » Braziliya prezidenti ikkinchi marta koronavirusga test topshirdi. Unda kasallik aniqlanmadi

Braziliya prezidenti ikkinchi marta koronavirusga test topshirdi. Unda kasallik aniqlanmadi


Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning koronavirusga topshirgan ikkinchi testi ham salbiy natijani ko‘rsatdi. Bu haqda prezident Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirdi, deb xabar berdi “RBK”.

“COVID-19 ga topshirgan ikkinchi testim ham salbiy chiqqanini ma’lum qilaman”, — deb yozadi Bolsonaru.

Braziliya prezidenti ilk marta yordamchisi Fabio Vayngarternda koronavirus qayd etilganidan so‘ng test topshirgan edi.

Avval bir nechta OAV tomonidan Bolsanaruning tahlil natijalari ijobiy chiqqani va uning COVID-19 koronavirusini yuqtirib olgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shundan so‘ng Jair Bolsonaru Facebook’dagi sahifasi orqali o‘zining koronavirusga topshirgan namunalari ijobiy emas, balki salbiy chiqqani va kasallikni yuqtirib olmaganini e’lon qilgan edi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ham koronavirusga test topshirdi. Unda kasallik aniqlanmadi.

Koronavirus jahon siyosatchilari oilasini ham chetlab o‘tmayapti. Xususan, Ispaniya va Kanada bosh vazirlarining rafiqalarida koronavirus aniqlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют