» » “Taxtlar o‘yini” yulduzi Kristofer Xivyuda koronavirus aniqlandi

“Taxtlar o‘yini” yulduzi Kristofer Xivyuda koronavirus aniqlandi


“Taxtlar o‘yini” serialidagi Tormund roli bilan mashhurlikka erishgan norvegiyalik aktyor Kristofer Xivyuda koronavirus aniqlandi. Bu haqda u o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan, deb xabar beradi “Kinopoisk”.

Aktyorning aytishicha, u hozirda oilasi bilan birga uy sharoitda izolyatsiyalangan va ahvollari yaxshi. Ta’kidlanishicha, ularni biroz shamollash belgilari bezovta qilmoqda.

“Virus ayrim odamlar uchun alohida xavf tug‘diradi, shu sababli ehtiyot bo‘lishlaringizni so‘rayman. Qo‘llaringizni yuvib yuring va bir-biringiz bilan oraliq masofani 1,5 metr atrofida saqlang, karantinda qoling. Virus tarqalishining oldini olish bo‘yicha qo‘lingizdan keladigan barcha ishni qiling”, — deb yozadi Xivyu.

Avvalroq, yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan Olga Kurilenko va Tom Xenks ham kasallangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Britaniyalik aktyor Idris Elba ham koronavirusni yuqtirib oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 46) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют