» » O‘zbekistonda koronavirusga tekshiruvdan o‘tish tartibi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda koronavirusga tekshiruvdan o‘tish tartibi ma’lum qilindi


Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov koronavirusga tekshiruvdan o‘tish tartibi haqida ma’lumot berdi.

Koronavirus infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tish uchun avvalo infeksionist ko‘rigidan o‘tish kerak. Terapevt-infeksionist ko‘rigidan o‘tgan kishida kasallik alomatlari bo‘lsa va epidemiologik ko‘rsatma berilsa, uni koronavirusda gumon qilib tekshirish mumkin.

“Agar ko‘rik paytida koronavirus belgilari bo‘lmasa hamda o‘sha odam boshqa kasallar bilan muloqotda bo‘lmagan bo‘lsa, tekshiruv maqsadga muvofiq emas. Tekshiruvdan o‘tkazish mumkin, qachonki, ko‘rsatma bo‘lgan taqdirda”, — deydi Almatov.

Uning aytishicha, xususiy davolash muassasalarida hozircha bu kabi tekshiruvlar yo‘lga qo‘yilmagan.

“Xususiy davolash muassasalarida koronavirusga tekshirish maqsadga muvofiq ham emas. Chunki bu – yuqumli kasallik. Shuning uchun, fuqarolarimiz o‘zining sog‘lig‘ini nazorat qilsa, bu o‘zi uchun foyda”, – deydi O‘zbekistonning bosh davlat sanitariya vrachi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 13 nafarga yetdi. 17-martdan O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha bir qator profilaktik cheklovlar joriy etiladigan bo‘ldi. Karantin sabab Toshkentdagi barcha talabalar turar joylari 19-martdan to‘liq yopilib, dezinfeksiya qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют