» » Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart To‘qayev koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart To‘qayev koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi


Shavkat Mirziyoyev hamda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.

“Suhbat davomida epidemiologik vaziyat hamda ikki mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar batafsil muhokama qilindi. Ushbu pandemiyaga qarshi samarali kurashish va ehtimoliy oqibatlarni kamaytirish maqsadida yaqindan hamkorlikni davom ettirish va o‘zaro muvofiqlashgan harakatlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi”, – deyiladi axborotida.

Prezidentlar oliy darajadagi hamkorlik va ikki mamlakat hukumatlari faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida kelishib oldilar. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish muhimligi to‘g‘risida fikr bildirildi.

“Davlat rahbarlari koronavirus pandemiyasining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilib, kasallikka qarshi kurash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot almashgan”, – deyiladi Akkorda xabarda.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 33 nafarga yetgan. Jumladan 15 ta holat Olmaotada qayd etilgan. Mamlakatda ommaviy tadbirlar bekor qilindi, maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqdi, davlat organlariga xorijga xizmat safariga chiqish taqiqlandi. Fuqarolarga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi.

Mamlakatda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16-martdan 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilindi. Bu davrda qozog‘istonliklar mamlakatni tark eta olmaydi (xorijga davolanish uchun ketayotganlardan tashqari).

Mavzuga doir: Video: Qozog‘istonning Olmaota shahriga karantin tufayli harbiy texnikalar olib kelindi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 13 nafarga yetdi. Bungacha 11-mart kuni Fransiyadan (virus 15-mart kuni aniqlangan), 14-mart kuni Buyuk Britaniyadan, 15-mart kuni Turkiyadan qaytgan, shuningdek, Dubaydan qaytgan jami to‘rt nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Bundan tashqari, Fransiyadan qaytgan fuqaroning o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nevarasi va bir qarindoshida, Turkiyadan qaytgan birinchi bemorning rafiqasi va ular bilan bir reysda bo‘lgan yana bir fuqaroda ham kasallik aniqlangani ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют