» » “Arsenal” Obameyangni “Barselona”ga sotishga tayyor

“Arsenal” Obameyangni “Barselona”ga sotishga tayyor


“Arsenal” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin.

Diario Sport’ning xabar qilishicha, londonliklar klubi Obameyang transferidan 55 million yevro ishlab olmoqchi. O‘z navbatida katalonlar muzokaralar davomida narxni pasaytirishga urinib ko‘rmoqchi.

“Barselona” yanvar oyidayoq gabonlik futbolchining vakillari bilan bog‘langan edi, biroq “Arsenal” yetakchisini mavsum o‘rtasida qo‘yib yuborishni istamagandi.

Ta’kidlanishicha, futbolchining vakillari yangi shartnoma (amaldagi kelishuv 2021-yil yoziga qadar mo‘ljallangan) borasidagi muzokaralarni cho‘zish orqali “Arsenal”ni transferga majbur qilmoqchi va bundan “Barselona” ham boxabar.

Inglizlar mavsum yakuniga ko‘ra Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqa olmasa Obameyangni sotib yuborish ehtimoli yanada oshadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют