» » Apple bir vaqtning o‘zida ikkita hamyonbop iPhone taqdim etadi

Apple bir vaqtning o‘zida ikkita hamyonbop iPhone taqdim etadi


Apple kompaniyasi bir vaqtning o‘zida ikkita hamyonbop iPhone’ni taqdim etadi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Ta’kidlanishicha, mutaxassislar iOS 14 operatsion tizimining kodida bu haqida ma’lumot beruvchi belgilarni aniqlagan.

Yangi operatsion tizimning kodlari orasida 4,7 hamda 5,5 dyuymli ekranga ega qurilmalar haqida ma’lumot borligi taxmin qilinmoqda. Mish-mishlarni hisobga olgan mutaxassislar Apple bir vaqtning o‘zida iPhone SE’ning birdaniga ikki avlodini yaratish ustida ish olib bormoqda degan xulosaga kelgan.

Gadjetlar iPhone 9 hamda 9 Plus nomlarini olish ehtimoli mavjud, ammo bu haqida aniq ma’lumot yo‘q. Kompaniya oxirgi marta bir vaqtning o‘zida ikkita qurilmani 2017-yilda taqdim etgandi — iPhone 8 va 8 Plus.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikkala qurilma ham IPS-ekran, Touch ID’li Home tugmasiga ega bo‘ladi va Apple Pay funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Gadjetlarga Apple A13 Bionic protsessorlari o‘rnatilishi mumkin.

Mavzuga doir: Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobsning farzandlari merosdan mahrum bo‘ladi

Eslatib o‘tamiz, Apple rahbari koronavirus tufayli ishchilarga uydan ishlashga ruxsat bergan, Xitoydan tashqaridagi barcha do‘konlarini ikki haftaga yopmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют