» » AQSh O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun shaxsiy himoya vositalarining 2-partiyasini topshirdi

AQSh O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun shaxsiy himoya vositalarining 2-partiyasini topshirdi


AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi 17-mart, seshanba kuni, koronavirus tarqalishiga tayyorgarlik ko‘rishi uchun O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga ikkinchi xayriya yordami sifatida shaxsiy himoya vositalarini topshirdi. Bu haqda AQSh elchixonasi tomonidan ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) koronavirusdan zarar ko‘rgan yoki uning tarqalishi xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekiston uchun yuqumli kasalliklar bo‘yicha favqulodda zaxira fondidan qo‘shimcha mablag‘ ajratdi.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi taqdim etgan shaxsiy himoya vositalari tarkibiga 10 mingta qo‘lqop, 10,2 mingta niqob, 1400 ta maxsus xalat va 200 ta ko‘zoynak kirgan. Ular butun O‘zbekiston bo‘ylab viloyat markazlari va shaharlarga tarqatiladi.

Xabar berilishicha, AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum mamlakatning tayyorgarligini yuqori baholagan. Elchi koronavirus tarqalishiga tayyorgarlik ko‘rish va unga tegishli javob qaytarishda USAID O‘zbekistonni kelgusida ham qo‘llab-quvvatlashi va ko‘mak berishini ma’lum qilgan.

“Yangi koronavirus kasalligi faqatgina hukumatlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik orqali bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan, global sog‘liqni saqlashga tahdid solayotgan kasallikdir. AQSh hukumati ushbu global epidemiyaga tayyorgarlik va javob choralarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistondagi tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda”, — deb ta’kidladi elchi.

Fevral oyining oxirida AQSh O‘zbekistonda koronavirus tarqalganda ishlatilishi uchun mo‘ljallangan 600 komplekt shaxsiy himoya vositalarini yetkazib bergan edi. Shuningdek, fevral oyida AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston koronavirusga qarshi turishga tayyor emasligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam sifatida shu vaqtga qadar Xitoy va Eronga insonparvarlik yordami jo‘natdi.

Mavzuga doir: Koronavirus Markaziy osiyolik migrantlarni Rossiyaga “qamab qo‘ydi”

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15 nafarga yetdi. Shuningdek. Qirg‘izistonda ham koronavirusga chalinish bilan bog‘liq dastlabki uchta holat qayd etildi. O‘zbekiston Misr, Rossiya, Eron va Latviyadan o‘z fuqarolarini charter reyslari bilan olib keldi. Bundan tashqari bir qator Yevropa davlatlaridan ham charter reyslari amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют