» » Saudiya Arabistonida jamoat namozlari o‘qilishi vaqtincha to‘xtatildi

Saudiya Arabistonida jamoat namozlari o‘qilishi vaqtincha to‘xtatildi


Saudiya Arabistonida koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida Makkadagi Al-Harom va Madinadagi Nabaviy Masjiddan tashqari barcha masjidlarda jamoat, jumladan, juma namozlarini o‘qish vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar beradi Suadi Gazette nashri.

“Ar-Riyodda ulamolar kengashi koronavirus oqibatlariga bag‘ishlangan shoshilinch yig‘ilishda virusning tez tarqalishi va u ko‘plab o‘lim holatlariga olib kelishi xavfi mavjudligini tasdiqlovchi tibbiy tadqiqotlar hamda odamlarning to‘planishi virus tarqalishiga asosiy sabab ekanligini hisobga olib, juma va boshqa jamoat namozlarining masjidlarda o‘qilishi to‘xtatilishini qonuniy deb topdi, masjidlar eshiklari vaqtincha yopiladi, bu vaziyatda azon o‘qilishi yetarli hisoblanadi”, — deyilgan ulamolar qarorida.

Shuningdek, Saudiya Arabistonida 15 kunga barcha xususiy korxonalar faoliyati to‘xtatiladi. Ta’kidlanishicha, ushbu qaror faoliyati sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalardan tashqari barcha korxonalar uchun taalluqli hisoblanadi.

Ayni vaqtda podshohlikda koronavirusga chalinganlar soni 171 nafarga yetgan. O‘lim holatlari qayd etilmagan.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, Makkada koronavirus tufayli ziyoratchilarning Ka’ba atrofidagi maydonga o‘tishi vaqtincha cheklangan.

Avvalroq, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi koronavirus tarqalishining oldini olish yuzasidan mamlakat musulmonlariga murojaat va chaqiriq bilan chiqib, mamlakatda juma namozlari vaqtincha o‘qilmasligini ma’lum qilgandi. 16-mart kuni Namangandagi masjidlarda diniy marosimlar vaqtincha to‘xtatildi. Ular to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют