» » Sayyohlar Rimdagi Trevi favvorasiga bir yilda 1,4 mln yevrolik tanga tashlagan

Sayyohlar Rimdagi Trevi favvorasiga bir yilda 1,4 mln yevrolik tanga tashlagan


Sayyohlar Rimdagi Trevi favvorasiga 2016-yilda jami qiymati 1,4 million yevroga teng tanga tashlagan. Bu haqda Italiyaning La Repubblica gazetasi xabar berdi.

Bunday hisob-kitoblar so‘nggi marta 2013-yilda e’lon qilingan, yangi natija avvalgisidan 100 ming yevroga ko‘proqdir.

Statistikaga ko‘ra, sayohatchilar favvoraga yevro, dollar va iyenalarni tashlashni afzal ko‘radi, ammo oxirgi vaqtlarda favvorada ko‘proq Avstraliya dollarlari uchramoqda.

Pullar Caritas katolik xayriya tashkilotiga topshiriladi, u mablag‘ni kambag‘al oilalar uchun bepul supermarket va yemakxonalar, qashshoqlar uchun boshpanalar va boshqa loyihalarga yo‘naltiradi.

Rivoyatlarga ko‘ra, Trevi favvorasiga orqa bilan turib, tanga tashlagan odam Rimga yana qaytib keladi.

Опубликовано: admin (13-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют