» » Agrepina Shin karantin davrida bolalarning ota-onalariga ta’til berilishi masalasiga izoh berdi

Agrepina Shin karantin davrida bolalarning ota-onalariga ta’til berilishi masalasiga izoh berdi


Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 18-mart, chorshanba kuni, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va profilaktika qilish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Agrepina Shin jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, agar bola uyda bo‘lsa, ota-onadan biriga ta’til berilishi haqidagi xabar qanchalik haqiqatga yaqinligi borasidagi masalaga izoh berdi:

“Bu masala ko‘proq Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakolatiga ko‘proq taalluqli. Ammo biz ham ushbu savolni ko‘rib chiqyapmiz. Mehnat kodeksida karantin paytida ota-onalar, xususan, bu onalarga tegishli bo‘lsa kerak, ularga 14 kungacha ta’til beriladi. Biroq shunday bo‘lsa-da, mazkur savol ko‘proq yuqoridagi 2 ta vazirlikning vakolatlari doirasiga kiradi”.

Shuningdek, ota-onalar bolalarni hech kimga qoldirib keta olmagan vaziyatlarda qanday yo‘l tutishlari lozimligi borasidagi savolga vazir profilaktik chora-tadbirlar hamda Respublika komissiyasi qaroriga asosan, hech bir maktabgacha ta’lim muassasasi bolani karantin davri yakunigacha qabul qilishi mumkin emasligini ta’kidladi.

Davra suhbati davomida, shuningdek, profilaktika chora tadbirlari yakuniga yetguniga qadar bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanmalarni shakllantirish va berilishini 16-mart kunidan e’tiboran alohida ko‘rsatma bo‘lgunga qadar to‘xtatilganligi ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: Agrepina Shin maktabgacha ta’lim muassasalarida qaysi xodimlar faoliyatini ish joyida amalga oshirishi haqida ma’lumot berdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va oliy ta’lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida 16-martdan karantinga yopilgan. Bu haqda 15-mart, yakshanba kuni, bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют