» » Dunyoda global inqiroz boshlangani ma’lum qilindi

Dunyoda global inqiroz boshlangani ma’lum qilindi


Goldman Sachs va Morgan Stanley investitsiya banklari global inqiroz boshlanganini e’lon qildi, deb yozmoqda Bloomberg. Tahlilchilarga ko‘ra, hozir gap inqirozning chuqurligi va mumkin bo‘lgan davomiyligi haqida ketmoqda.

Morgan Stanley iqtisodchisining qayd etishicha, u inqirozni 2020-yilda global iqtisodiyot uchun asosiy ssenariy deb biladi. Yil yakunlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyotining o‘sishi 0,9 foizdan oshmaydi. Goldman Sachs vakilining so‘zlariga ko‘ra, global yalpi ichki mahsulot o‘sishi 1,25 foizga yetadi.

Mavzuga doir: Goldman Sachs Yevroittifoq banklarining koronavirus sabab 30 mlrd yevro yo‘qotishini taxmin qildi

S&P reyting agentligi 1-1,5 foiz darajadagi o‘sishni taxmin qilmoqda. Agentlik tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda ishtirok etgan barcha ekspertlar inqiroz 2008-yildagi vaziyatdagidek jiddiy bo‘lmasligini ta’kidlagan. 2008-yilda global inqiroz jahon YaIMning 0,8 foizga pasayishiga olib kelgan.

Nashrning qayd etishicha, tahlilchilarning salbiy prognozlari ko‘pligi turli mamlakatlardagi moliya organlarini ishlab chiqaruvchilar va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rishga undaydi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus sababli zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan sohalarda soliq ta’tillari berilishi rejalashtirilmoqda

Hozircha ko‘pchilik hukumatlar va markaziy banklar o‘sib borayotgan inqirozga munosabat bildirmayapti. Bazaviy stavkasini deyarli nolga tushirgan AQSh Federal zaxira tizimi favqulodda choralarni ko‘rayotgan kam sonli tashkilotlardan biriga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklariga kredit olgan tadbirkorlarga koronavirus sabab imtiyoz davri berishni tavsiya qildi. Shuningdek, mart oyining boshida Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasini ko‘rib chiqib, bazaviy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgan holda 16 foiz deb belgiladi.

Mavzuga doir: Koronavirusning iqtisodiyotga ta’sirini qanday ko‘rsatkichlar bilan baholagan ma’qul?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 05:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют