» » London birjasida Brent markali neft narxi 2003-yildan beri ilk bora 27 dollardan pastladi

London birjasida Brent markali neft narxi 2003-yildan beri ilk bora 27 dollardan pastladi


Londondagi savdolarda Brent markali neft narxi 2003-yil sentabr oyidan beri ilk bora barrel uchun 27 AQSh dollaridan pastladi. Bu haqda “RBK” xabar bergan.

Neftning minimum narxi 26,66 dollarga tushdi, oqibatda 2003-yil 30-sentabrda kuzatilgan ko‘rsatkich — Brent’ning barreli uchun 26,81 dollarlik narxdan ham pastroq baholandi.

May oyidagi WTI fyuchersi narxlari barrel uchun 25 dollardan ham past baholandi va 10,57 foizga tushib, 24,44 dollargacha pastladi.

17-mart, seshanba kuni, Brent markali neft narxi barrel uchun 29 dollarga tushgan va bu 2016-yil yanvaridan beri qayd etilgan eng kuchli pastlash ekani aytilgan, shuningdek, jahon bozorida neft narxi yanada pasayishi mumkinligi taxmin qilingandi.

2020-yil yanvarida Brent neftining maksimum narxi barrel uchun 71 dollardan o‘tgandi. COVID-19 koronavirusi pandemiyasi tufayli OPEK va neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar o‘rtasida kelib chiqqan nizoni deb, neft narxi keskin tushishni boshlagan va 2,5 oy ichida “qora oltin”ning qiymati qariyb 40 dollarga arzonlashdi.

Mavzuga doir: 

17-mart kuni neft narxi ketma-ket to‘rt marta kuzatilgan pastlashdan keyin ilk bora 5 foizga o‘sdi. Biroq “BKS Premyer”ning katta tahlilchisi Sergey Suverovning fikricha, bu shunchaki “texnik sapchish” va neft narxi yaqin ikki hafta ichida barrel uchun 25-30 dollarga tushib ketishi mumkin.

“Rayffanzenbank” vakili Andrey Polishuk ham shunday prognozni taxmin qilgan. Agar Saudiya Arabistoni va’dasining ustidan chiqib, bir sutkada 13 million barrel, Rossiya esa sutkasiga qo‘shimcha 300-500 ming barrel ishlab chiqarsa, COVID-19 koronavirusiga qarshi chora-tadbirlar sabab neft narxi 25 dollarga tushib qolishi ham mumkin, degan ekspert.

Mavzuga doir: Bloomberg: Rossiyada 1 dollar 97 rublgacha qimmatlashishi mumkin

Kremldagilar neftning hozirgi narxi shubhasiz past ekanini ta’kidlagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakatning xalqaro neft bozorlaridagi vaziyatni kuzatayotgani va ushbu pozitsiyadan kelib chiqib OPEK+ bilan keyingi aloqalar yuzasidan xulosalar chiqarilishini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют