» » Butun dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 200 ming kishidan oshdi

Butun dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 200 ming kishidan oshdi


Butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 200 ming kishidan, uning qurbonlari soni esa 8 ming kishidan oshdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning rahbari Tedros Gebreyesus ma’lum qildi, deb yozmoqda “RBK”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalinish holatlarining katta qismi, ya’ni 80 foizi ikki mintaqada — Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga to‘g‘ri kelmoqda.

JSST rahbarining ta’kidlashicha, mamlakatlar birlashishi kerak. U Janubiy Koreyani koronavirusga qarshi samarali kurash namunasi sifatida ko‘rsatdi. Mazkur mamlakatda koronavirus bir oy oldin jiddiy avj olgan edi. Bu mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha innovatsion strategiya ishlab chiqilgan va niqob taqish majburiy etib belgilangan. Bundan tashqari, Janubiy Koreyada kasallikka shubhalangan shaxslar shifoxonalarda yoki uyda emas, balki belgilangan joylarda izolyatsiya qilingan.

“Natijada, bir necha haftadan buyon u yerda COVID-19 infeksiyasini yuqtirganlar soni kamaymoqda. Kasallik Janubiy Koreyada eng yuqori cho‘qqiga chiqqanda, kuniga 800 dan ortiq holat qayd etildi, kecha esa ularning soni 90 tani tashkil etdi”, — dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori.

Tashkilotning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir kun ichida dunyoda 11 525 ta yangi holat aniqlandi. Vafot etganlar soni esa 8192 kishini tashkil etgan.

O‘tgan yilning oxirida Xitoyning Uxan shahrida tarqala boshlagan koronavirus barcha Yevropa mamlakatlarida aniqlandi. Chernogoriya Yevropadagi bu kasallik qayd etilgan so‘nggi mamlakat bo‘ldi.

Pandemiya fonida Yevropa Ittifoqi chet elliklar uchun kirishni bir oyga cheklashga qaror qildi. Ushbu davr mobaynida Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan mamlakatlar fuqarolari, agar ularda favqulodda sabab, doimiy yashash huquqi yoki uzoq muddatli viza bo‘lmasa, chegaralarni kesib o‘tolmaydi. Bundan tashqari, koronavirus sababli “Yevrovideniye” musiqa tanlovi bekor qilindi.

Yevropa mamlakatlarida koronavirus pandemiyasining tarqalishi fonida avtomobil ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Shuningdek, koronavirus AQShning barcha shtatlarida aniqlandi. Xitoyda o‘tgan sutka ichida koronavirusni yuqtirish bilan bog‘liq 13 ta yangi holat qayd etildi.

Mavzuga doir: COVID-19 koronavirusining vaksinalari qaysi davlatlarda ishlab chiqilmoqda va qachon paydo bo‘ladi?

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 18 nafarga yetdi. 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan, mamlakatdagi rasman birinchi koronavirus tashuvchisiga aylangan oliy toifali shifokor ayolning onasi, kelini va birga ishlaydigan hamkasbida ham koronavirus aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют