» » Dubaydagi ombordan 15 yildan buyon minilmagan yangi Ford Excursion modelining partiyasi topildi

Dubaydagi ombordan 15 yildan buyon minilmagan yangi Ford Excursion modelining partiyasi topildi


Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan omborda o‘nlab yangi Ford Excursion modellaridan iborat partiya topildi. Ushbu Ford yo‘ltanlamaslariga kamida 15 yildan buyon hech kim minmagan, chunki Excursion’ni ishlab chiqarish 2005-yilda to‘xtatilgan, deb xabar beradi Motor.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Amerika avtomobillarining noma’lum ishqibozi to‘rtta oq, to‘rtta qora va ikkita qumrang Excursion’ni zaxiraga olib qo‘ygan. Sakkizta yo‘ltanlamasga 6,8 litrli V10 quvvatli 310 ot kuchiga ega dvigatel, qolgan ikkitasi 325 kuchli V8 6.0 Power Stroke dizel motori o‘rnatilgan.

Excursion — Ford kompaniyasiga tengishli eng katta yo‘ltanlamas hisoblanadi. Uning uzunligi 5760 millimetr. Modelning asosini uch seksiyali F-250 pikapining o‘qi tashkil etadi.

Ford kompaniyasi olti yil davomida Excursion ishlab chiqarilgan bo‘lasa-da, biror marta rasman Osiyoda ushbu modelni sotmagan. 2005-yilda Ford Excursion narxi 40—50 ming dollar atrofida bo‘lgan. Shunday ekan, ushbu mashinalar egasi 15 yil oldin yarim million dollarga yaqin pul sarflagan.

Mavzuga doir: Yevropaning joriy yildagi eng yaxshi avtomobili nomi ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 18) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют