» » O‘tgan bir sutka davomida Italiyada 475 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi

O‘tgan bir sutka davomida Italiyada 475 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi


Italiyada o‘tgan bir sutka ichida koronavirus oqibatida 475 kishi vafot etdi. Bu haqda Fuqarolik mudofaasi departamenti rahbari Anjelo Borelliga tayanib Rai News telekanali xabar berdi.

Italiya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2,9 ming kishidan oshib ketgan. Idoraning ta’kidlashicha, barcha o‘lim holatlarining sabablari o‘rganilgach, aniq raqamlar e’lon qilinadi. Italiya hududida koronavirus bilan kasallanganlar soni 28,7 ming kishidan oshgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, koronavirus oqibatida vafot etganlarning akrasiyati bir yoki bir necha potologik kasalliklardan aziyat chekib kelgan. Vafot etganlarning 0,8 foizidagina bu kabi kasalliklar bo‘lmagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 200 ming kishidan, uning qurbonlari soni esa 8 ming kishidan oshdi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 18 nafarga yetdi. 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan, mamlakatdagi rasman birinchi koronavirus tashuvchisiga aylangan oliy toifali shifokor ayolning onasi, kelini va birga ishlaydigan hamkasbida ham koronavirus aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют