» » Koronavirus Qatarda o‘tadigan JCh—2022 tayyorgarlik jarayoniga ta’sir qilmaydi

Koronavirus Qatarda o‘tadigan JCh—2022 tayyorgarlik jarayoniga ta’sir qilmaydi


Koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan inqiroz Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon Chempionati tayyorgarligiga ta’sir o‘tkazmadi, inshootlardagi qurilish ishlari davom etmoqda, deya ma’lum qildi chempionat ijroqo‘mi matbuot xizmati.

“Qatarda o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon Chempionatining barcha loyihalari reja bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Koronavirus tarqalishi sabab ishlar ma’lum muddatga to‘xtab qolsa ham, biz barcha inshootlarni 2022-yilning 21-noyabriga qadar bitira olishga ishonamiz”, — deyiladi ijroqo‘m bayonotida.

Ta’kidlanishicha, JCh—2022 loyihalarida faoliyat yuritayotgan ishchilarning sog‘lig‘ini saqlash uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

Mavzuga doir: Koronavirus sabab O‘zbekiston terma jamoasining JCh—2022 saralashidan o‘rin olgan o‘yinlari qoldirildi

Avvalroq koronavirus tarqalishi sabab Qatar hukumati Dohadagi industrial hududda karantin e’lon qilgandi.

Qatar arab mamlakatlari ichida koronavirus yuqtirib olganlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Ayni paytga kelib mamlakatda virusga chalinganlar soni 450 nafarga yaqinlashib qoldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют