» » O‘tgan bir sutka davomida Uxanda hech kim koronavirus yuqtirmadi

O‘tgan bir sutka davomida Uxanda hech kim koronavirus yuqtirmadi


Koronavirus tarqalishi o‘chog‘iga aylangan Xitoyning Xubey provinsiyasida va Uxan shahrida so‘nggi bir kun ichida kasalik yuqtirish bo‘yicha birorta yangi holat aniqlanmadi. Bu haqda Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar bergan, deb yozmoqda “RBK”.

Xitoyning markaziy provinsiyasida bir kunda 795 davolangan bemor shifoxonalardan chiqarilgan. Sakkizta yangi o‘lim holati qayd etilgan.

Xubeydan tashqarida 18-mart kuni ertalabdan beri bironta ham o‘lim qayd etilmagan. Xitoyning boshqa provinsiyalari va avtonom viloyatlarida kasallikka chalinish bo‘yicha 34 ta yangi holat tasdiqlangan.

Xubeyda epidemiya boshlangandan beri shifokorlar 67,8 ming nafar bemorni ro‘yxatga olgan, ulardan 57,6 ming nafari tuzalib ketgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 18-martda butun dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 200 ming kishidan oshdi. Kasallikka chalinish holatlarining katta qismi, ya’ni 80 foizi ikki mintaqada — Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 18 nafarga yetdi. 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan, mamlakatdagi rasman birinchi koronavirus tashuvchisiga aylangan oliy toifali shifokor ayolning onasi, kelini va birga ishlaydigan hamkasbida ham koronavirus aniqlangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют