» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 37 taga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 37 taga yetdi


Qozog‘istonning Olmaota shahrida koronavirusga chalingan Rossiya fuqarosi kasalxonaga yotqizildi, “RBK”ning “Today.kz”ga tayanib xabar berishicha, bu haqda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Dias Axmetsharip ma’lum qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 1979-yilda tug‘ilgan rossiyalik 15-martda Moskvadan Qozog‘istonga kelgan. Ayni vaqtda u karantinda bo‘lib turibdi, sog‘lig‘i qoniqarli ahvolda.

Shuday qilib, Qozog‘istonda kasallanganlar soni 37 taga yetdi. Ularning 18 nafari Nur-Sultonda, 19 nafari Olmaotada aniqlangan. Hukumat koronavirusning tarqalishini olish maqsadida har ikki shaharda karantin joriy etishga qaror qildi. 19-martdan boshlab ular fuqarolar shahardan shaharga chiqish harakati va jamoat transporti ishini cheklanadi, savdo markazlari va nooziq-ovqat do‘konlari faoliyati to‘xtatiladi.

Bundan avval mamlakatda ommaviy tadbirlar bekor qilindi, maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqdi, davlat organlariga xorijga xizmat safariga chiqish taqiqlandi. Fuqarolarga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi.

Mamlakatda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16-martdan 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilindi. Bu davrda qozog‘istonliklar mamlakatni tark eta olmaydi (xorijga davolanish uchun ketayotganlardan tashqari).

O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga yetdi. Fransiyada bo‘lib qaytgan birinchi bemor ayolning yana uch nafar qarindoshida koronavirus aniqlangan. Avvalroq uning o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nevarasi, onasi, kelini, yana bir qarindoshi va bir hamkasbida ham kasallik aniqlangan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют