» » Yunusobodda sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda halok bo‘ldi

Yunusobodda sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda halok bo‘ldi


16-marta kuni taxminan soat 22:30 da Yunusobod tumani Kichik halqa avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Lacetti rusumli avtomobilda 36 yoshli haydovchi piyodani urib yuborgan.

YTH natijasida 59 yoshli piyoda tan jarohati olgan. Olgan jarohatlari oqibatida fuqaro shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Toshkent shahar IIBB marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Yo‘l-tranposrt hodisasi haydovchi tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolgani oqibatida yuzaga kelgan.

Mavzuga doir: Samarqandda bir kunda qoidabuzarlarning 123 ta avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirildi

Avvalroq IIV YHXBB O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar—fevral oylarida 802 ta YTH sodir bo‘lgani, ularning 255 tasi o‘lim bilan yakunlangani haqida xabar bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют