» » “Yevrovideniye” tanlovi koronavirus tufayli qoldirildi

“Yevrovideniye” tanlovi koronavirus tufayli qoldirildi


An’anaviy “Yevrovideniye” tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi tufayli qo‘shiqlar tanlovini qoldirishga qaror qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

“Yevropa eshittirishlar ittifoqi murakkab qaror qabul qildi, tanlovni o‘tkazish imkonsiz”, — deyiladi tashkilotchilar xabarida.

Qo‘shiqlar tanlovi 12—16-may kunlari Rotterdam shahrida o‘tkazilishi kerak edi.

Butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 200 ming kishidan, uning qurbonlari soni esa 8 ming kishidan oshdi. 17-martga kelib Yevropaning barcha davlatlarida koronavirus qayd etilgan va Yevropa Ittifoqi virusga qarshi kurashish maqsadida xorijliklarning tashirifini 30 kunga cheklab qo‘ydi. 19-mart kuni JSST koronavirusga qarshi vaksinalarning ilk sinovlari boshlanganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 23 nafarga yetdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют