» » Rossiyada koronavirusga chalingan bemor vafot etdi, ammo koronavirus o‘limning asosiy sababi emas

Rossiyada koronavirusga chalingan bemor vafot etdi, ammo koronavirus o‘limning asosiy sababi emas


Moskva shahrida koronavirus bilan kasallangan ilk bemor vafot etdi. Bu haqda Moskvadagi koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabga tayanib, “RBK” xabar berdi.

79 yoshli ayol 13-mart kuni shifoxonaga joylashtirilgan. “Nafas yetishmovchiligining ortishi munosabati bilan murakkab reanimatsiya olib borilgan. Yuqumli kasalliklar shifoxonasida izolyatsiyalangan blokda bo‘lgan. O‘lim o‘ta og‘ir surunkali kasallik fonida yuzaga kelgan pnevmoniya oqibatida sodir bo‘lgan”, — deyiladi tezkor shtab xabarida.

“RIA Novosti”ning yozishicha, marhum qandli diabet, ateroskleroz, gipertonik yurak kasalligidan aziyat chekib kelgan. Shu sababli o‘limga bir qator surunkali kasalliklar sabab bo‘lganligi aytilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 147 kishida koronavirus aniqlangan.

Mavzuga doir: Koronavirus Markaziy osiyolik migrantlarni Rossiyaga “qamab qo‘ydi”

Avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin koronavirus sabab shaharda yuqori shaylik rejimini joriy etgan. O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют