» » Toshkent hayvonot bog‘i koronavirus sababli yopildi

Toshkent hayvonot bog‘i koronavirus sababli yopildi


Toshkent hayvonot bog‘i 19-mart, payshanba kunidan boshlab koronavirus sabab vaqtinchalik yopildi. Hayvonot bog‘ining ochilishi haqida rasmiy saytda va ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berilishi ma’lum qilindi.

“Bizlar bu qarorga sizlarni ehtiyot qilish uchun keldik. Jonivorlarning ahvolidan esa xavotirlanishga o‘rin yo‘q. Zoologlar va mutaxassislar o‘z ishlarini davom ettirishadi”, – deyiladi xabarda.

Hayvonot bog‘ining yaqinida joylashgan Toshkent botanika bog‘i hozircha ochiq.

Avvalroq, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (xalq tilida “16” deyiladi) va Toshkent shahar “Ibn Sino” nomli 1-son klinik shifoxonasi (“1-gorbolnitsa”) karantin tufayli yopilgani, Sog‘liqni saqlash vazirligi bu haqda tushuntirish bergani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют