» » Koronavirus tufayli xitoylik erkakning xotirasi qaytdi

Koronavirus tufayli xitoylik erkakning xotirasi qaytdi


1990-yildan beri amneziyadan aziyat chekib kelgan xitoylik Chju Szyamin koronavirus haqidagi telesyujetdan so‘ng oilasini esladi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Erkak 30 yil avval o‘zi tug‘ilib o‘sgan Guychjoy provinsiyasidan Xubeyga ketib, o‘sha yerda qurilishga ishga joylashgan. U o‘shanda boshidan jarohat olgan, shundan so‘ng xotirasini yo‘qota boshlagan. Chju Szyamin shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini ham yo‘qotib qo‘ygan edi. Xubeyda yashaydigan oilaning unga rahmi kelib, uyidan joy bergan edi.

Szyamin bir necha bor o‘z ismini va asli qayerdan ekanligini eslashga uringan, biroq buning uddasidan chiqmagan. U fevral oyida televizorda koronavirus haqidagi yangiliklarni ko‘rib o‘tirganida, tug‘ilib o‘sgan shahrini ko‘rib qoldi. Kutilmaganda Szyamin o‘zi haqidagi hamma ma’lumotni esladi.

Erkak shu zahotiyoq politsiyaga murojaat qildi. Shundan keyin uning oilasini topishdi. Aniqlanishicha, Szyaminning otasi 18 yil avval olamdan o‘tgan. U 83 yoshli onasi bilan videoqo‘ng‘iroq orqali gaplashdi.

“Tirikligingdan xursandman. Seni boshqa hech qachon ko‘rmayman, deb o‘ylagandim”, — dedi onasi unga.

Szyamin yangi hujjatlari tayyor bo‘lishi bilan onasining oldiga ketishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda epidemiologik vaziyat kundan-kunga yaxshilanmoqda. Xususan, koronavirus tarqalishi o‘chog‘iga aylangan Xitoyning Xubey provinsiyasida va Uxan shahrida so‘nggi bir kun ichida kasalik yuqtirish bo‘yicha birorta yangi holat aniqlanmadi.

Butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 200 ming kishidan, uning qurbonlari soni esa 8 ming kishidan oshdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi vaksinalarning ilk sinovlari boshlanganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют