» » Braziliya Senati raisi ham koronavirusga chalindi

Braziliya Senati raisi ham koronavirusga chalindi


Braziliya Senati raisi Davi Alkolumbre koronavirusga chalindi. “RBK”ning yozishicha, bu haqda mamlakat Parlamentining yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Senatdan ma’lum qilishlaricha, Alkolumbre uyda bo‘lib turibdi, kasallik og‘ir asoratlarsiz kechmoqda.

Davi Alkolumbre koronavirus yuqtirib olgan ikkinchi senator bo‘ldi. Avvalroq Xalqaro aloqalar va milliy mudofaa qo‘mitasi raisi Nelsinyo Trada ham koronavirusga chalingandi. U Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru bilan AQShga tashrifi davomida kasallangan.

Dastlab Braziliya prezidentining koronavirus bo‘yicha topshirgan tahlil natijalari ijobiy chiqqani aytilgan bo‘lsa, ikkinchi marta topshirgan testi salbiy natijani ko‘rsatgan. Unda kasallik aniqlanmagan.

AQSh prezidenti Donald Tramp ham koronavirusga test topshirgan. Unda ham kasallik aniqlanmagan.

Koronavirus jahon siyosatchilari oilasini ham chetlab o‘tmayapti. Xususan, Ispaniya va Kanada bosh vazirlarining rafiqalarida ham koronavirus aniqlangan.

Shuningdek, amerikalik aktyor Tom Xenksda ham koronavirus aniqlangan.

Mavzuga doir: AQShda koronavirus bilan kasallangan birinchi kongressmen aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют