» » Toshkent IEMda ikkita bug‘-gaz qurilmasi quriladi

Toshkent IEMda ikkita bug‘-gaz qurilmasi quriladi


Vazirlar Mahkamasining “Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 27 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Qayd etilishicha, 2015-yil 25-oktabrda O‘zbekiston va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida “Toshkent kogeneratsion issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun 10 yil imtiyozli davrga 40 yilda qoplash muddati bilan umumiy qiymati 12 milliard yapon iyenasi bo‘lgan qarz kelishuvi imzolangan.

2019-yil 18-iyulda “Toshkent Issiqlielektrmarkazi” AJ va Tractebel Engineering GmbH (Germaniya) va Eurasian Consulting and Engineering Services GmbH (Germaniya) qo‘shma korxonasi o‘rtasida “Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 27 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi doirasida umumiy qiymati 6,54 million dollar ekvivalentiga teng bo‘lgan konsultatsiya xizmatini ko‘rsatish shartnomasi imzolagan.

Loyihaning amalga oshirish muddati 3 yil (2020—2023-yillar) etib belgilangan.

Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning qarz kelishuvi mablag‘larini loyihani amalga oshirishga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanishi mumkin.

JICA qarz qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni qoplash “Toshkent Issiqlielektrmarkazi” AJning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

TIV “Toshkent Issiqlielektrmarkazi” AJ va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ arizalariga binoan, loyihani amalga oshirish jarayonida ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarni yashab turish joyi bo‘yicha ko‘p marotabalik vizalar va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishlari davlat boji undirilmasdan amalga oshirilishini ta’minlaydi.

IIV “Toshkent Issiqlielektrmarkazi” AJ va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning arizalariga binoan, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning yashash joyi bo‘yicha davlat boji undirmagan holda ko‘p martalik vizalar va vaqtincha yashash uchun ruxsatnomalar berish hamda ularni uzaytirishni ta’minlaydi.

Avvalroq Navoiy IES uchinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish uchun Yaponiyadan 1 mlrd dollardan ortiq qarz olinishi xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют