» » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga 5,5 ming nafar tibbiyot xodimi jalb etilgan. Ularning maoshi 120 foizga oshiriladi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga 5,5 ming nafar tibbiyot xodimi jalb etilgan. Ularning maoshi 120 foizga oshiriladi


O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish ishlariga qariyb 5,5 ming nafar tibbiyot xodimi jalb etilgan. Mazkur xodimlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning oylik maoshiga qo‘shimcha 120 foiz ustama to‘lanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart, payshanba kuni, bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, koronavirus tarqalishining oldini olish, shifoxonalarni dori, himoya va diagnostika vositalari bilan ta’minlash, karantin xarajatlarini o‘z vaqtida moliyalashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trln so‘m ajratiladi (video)

Kasallanganlarni o‘z vaqtida aniqlash va profilaktikaga e’tiborni kuchaytirish, buning uchun barcha hududiy yuqumli kasalliklar shifoxonalarini ekspress-testlar bilan ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga karantinga olingan fuqarolar nazoratini ta’minlash yuklatildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha bir qator profilaktik cheklovlar joriy etiladi

Avvalroq Ichki ishlar vazirligi dezinfeksiyani bahona qilib, uyga kirishga urinayotgan shaxslardan ogoh bo‘lishga chaqirgan edi. Shuningdek, Toshkentda “16” va “1-gorbolnitsa” karantinga yopilgani to‘g‘risidagi xabarlarga izoh berildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 18-mart, chorshanba kuni, bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida koronavirus bo‘yicha xalqqa murojaat qilgandi. Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 23 kishini tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей...