» » Toshkentda 22 yoshli qizning ehtirosli suratlarini internetga tarqatish bilan qo‘rqitib, 800 dollar talab qilgan yigit ushlandi

Toshkentda 22 yoshli qizning ehtirosli suratlarini internetga tarqatish bilan qo‘rqitib, 800 dollar talab qilgan yigit ushlandi


Toshkentda yigit o‘zi tanishgan qizning ehtirosli suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ichki ishlar organlariga 22 yoshli qiz Sh.A. murojaat qilib, undan 800 dollar undirmoqchi bo‘layotgan yigitga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Aks holda yigit qizning intim suratlarini internet tarmog‘ida tarqatishini va uning qarindoshlariga ko‘rsatib, uni sharmanda qilishini aytgan.

25 yoshli I.K. 10-mart, seshanba kuni, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida pulni qabul qilayotganida qo‘lga olingan. Uning aytishicha, tanishi Sh.A. bilan 2019-yil avgust oyida Telegram’da yozishishni boshlagan. Yigit o‘z qilmishining sabablari haqida gapirishdan bosh tortgan.

Voqea yuzasidan I.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165 moddasi (“Tovlamachilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют