» » Birinchi liga Ermatov uchun “tajriba quyonchasi”. O‘zbekistondagi o‘yinda ilk bor besh hakam ishlaydi

Birinchi liga Ermatov uchun “tajriba quyonchasi”. O‘zbekistondagi o‘yinda ilk bor besh hakam ishlaydi


O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov mamlakat Birinchi ligasidan joy olgan “NBU-Osiyo” — “Zomin” o‘yiniga hakam etib tayinlangani xabar berilgandi. Buning sababi “Championat.asia” nashrida oshkor etildi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi qit’a Chempionlar ligasining 1/8 final o‘yinlaridan boshlab maydondagi hakamlar sonini 5 taga yetkazishni rejalashtirgan. Bunda darvozalar ortida ham bir nafardan hakam bo‘ladi.

Ravshan Ermatov uchun esa bu yangi maktab. O‘zbekistonlik referi futbolga kirib kelayotgan yangi qoidalarga moslashishi kerak. Shundan kelib chiqib, PFL unga Birinchi ligada sharoit yaratib bergan.

Ma’lum qilinishicha, 13-aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “NBU-Osiyo” — “Zomin” o‘yinida besh nafar hakam ishlaydi. Ravshan Ermatov bunda darvoza ortidagi hakamlarga ham suyanadi.

Ma’lumot uchun, Ravshan Ermatov va uning brigadasi 15-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy liganing markaziy o‘yinini ham boshqaradi: “Lokomotiv” — “Nasaf”.

Опубликовано: admin (13-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют