» » Sherzod Asadov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Sherzod Asadov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga Sherzod Asadov yangi o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 19-mart, payshanba kuni, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’ati yig‘ilishida vazir o‘rinbosari etib tayinlangan Sherzod Asadov tanishtirildi.

Sherzod Asadov bunga qadar O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili sifatida ishlagan. Shuningdek, Sherzod Asadov ushbu elchixona maslahatchisi, O‘zbekistonning Avstriyadagi muvaqqat ishlar vakili, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri yordamchisi lavozimlarida ishlagan.

Avvalroq Farhod Arziyev O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют