» » Andijonlik mas’ullarning 75 kunda 5211 ta holatda qonunga zid harakat qilgani ma’lum bo‘ldi

Andijonlik mas’ullarning 75 kunda 5211 ta holatda qonunga zid harakat qilgani ma’lum bo‘ldi


Andijon viloyatidagi tashkilot mas’ullari 75 kunda 5211 ta holatda qonunga zid harakatni amalga oshirgan. Bu haqda “Daryo”ga davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

DXA viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdurahmon Alimovning ma’lumot berishicha, boshqarmaning davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish bo‘limi tomonidan 2020-yilning o‘tgan davri mobaynida jami 5211 ta qonunbuzilish holati aniqlangan.

“Ularning 2908 tasi muddatni buzish, 253 tasi to‘g‘ridan to‘g‘ri xizmat ko‘rsatish, 3 tasi asossiz rad qilish va 2047 tasi boshqa tusdagi qonunbuzilishlarni tashkil qiladi”, — deydi Abdurahmon Alimov.

Ta’kidlanishicha, aniqlangan holatlar yuzasidan 46 ta yozma ogohlantirish va 5 ta taqdimnoma kiritilgan.

“Boshqarma tomonidan 38 nafar huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Natijada 11 nafar xodimga intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan. 38 nafar xodim esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan”, — deydi Abdurahmon Alimov.

Boshqarma bo‘lim boshlig‘i Sultonbek Isoqovning qo‘shimcha qilishicha, davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi noqonuniy harakatlar eng ko‘p arxitektura-qurilish sohasida, shuningdek, kadastr, sog‘liqni saqlash, kommunal xizmat tizimlarida qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют