» » Erdo‘g‘on G‘arb davlatlarining koronavirusga tayyor emasligini aytdi

Erdo‘g‘on G‘arb davlatlarining koronavirusga tayyor emasligini aytdi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on G‘arb mamlakatlari COVID-19 koronavirus infeksiyasiga tayyor bo‘lmaganini aytdi. Bu haqda prezident Anqarada koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish yakunida ma’lum qildi, deb yozmoqda “RBK”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning avj olishi G‘arb mamlakatlari ijtimoiy himoya tizimining mukammal emasligini ko‘rsatdi.

“G‘arb mamlakatlari yillar davomida asosiy davlat xizmatlarini xususiy sektorga o‘tkazib, o‘z fuqarolariga g‘amxo‘rlik qilmadi. Aslida, bu javobgarlikdan qochish uchun qilingan”, — dedi Erdo‘g‘on.

Turkiya prezidentining qayd etishicha, ba’zi Yevropa davlatlari “liberalizmning ashaddiy tarafdorlari” bo‘lgan va bugungi kunda ular kasalxonalarni davlat ixtiyoriga o‘tkazmoqda hamda “omon qolgan omon qoladi” tamoyiliga amal qilmoqda.

Erdo‘g‘onning ta’kidlashicha, Turkiya yangi kasallikning tarqalishini diqqat bilan kuzatib bordi va uning xavfini yo‘q qilish uchun barcha imkoniyatlarini safarbar qildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar 65 yoshdan oshgan fuqarolarga Istanbul va Anqarada niqoblar va dezinfeksiyalash vositalarini tarqatishni ko‘zlamoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tuzilishdagi global o‘zgarishlar bilan ajralib turadigan yangi davrga kirmoqda.

Turkiyada COVID-19 infeksiyasini yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat 11-mart kuni aniqlandi. Bir hafta o‘tgach, 18-mart kuni, mamlakatda koronavirusdan birinchi bemor vafot etdi. Jons Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada 191 kishi kasallikkni yuqtirgan, ikki kishi vafot etgan.

Turkiyada koronavirus tufayli barcha ta’lim muassasalari yopildi, sayyohlik mavsumi boshlanishi kechiktirildi. Koronavirus sabab Turkiya Superligasi ham to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda qayd etilgan koronavirus bilan bog‘liq bir nechta holat Turkiyadan qaytib kelgan fuqarolarda aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 05:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют