» » Koronavirus pandemiyasini to‘xtatishning ikkita sharti ma’lum qilindi

Koronavirus pandemiyasini to‘xtatishning ikkita sharti ma’lum qilindi


Koronavirus pandemiyasini to‘xtatish ikki omil — virusning evolyutsiyasi va odamlarda immunitetning paydo bo‘lishiga bog‘liq. Bu haqda biologiya fanlari doktori, AQShning GMU tizimli biologiya maktabi professori Ancha Baranova ma’lum qildi, deb yozmoqda “RBK”.

“Virus ko‘rshapalakdan odamga yuqdi, odamdan odamga o‘tish virus mutatsiyalari bilan birga kechadi va odamlar odatda uni zaiflashtiradi. U odam bilan kam yoki ko‘proq birga yashashi uchun uning evolyutsiyasi ro‘y beradi”, — dedi Baranova. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday mutatsiyalar ilgari boshqa viruslarda, shu jumladan koronavirusda ham kuzatilgan. Ammo, virusning odamga “moslashishi” qancha vaqt davom etishi hali ham noma’lum, deya qo‘shimcha qildi biolog.

Mavzuga doir: COVID-19 o‘zidan oldingi viruslarga qaraganda qanchalik xavotirli? So‘nggi yigirma yillikning eng xavfli epidemiyalari

Bundan tashqari, odamlarda vaqt o‘tishi bilan yangi viruslarga qarshi immunitet rivojlanadi. Baranovaning so‘zlariga ko‘ra, aholining qariyb 70 foizi koronavirus bilan kasallanganida, virusni yengib o‘tishga qodir antitelalarga ega odamlarning zarur qatlami paydo bo‘ladi. Keyin infeksiya bu qadar keng tarqalishdan to‘xtaydi.

Avvalroq, Robert Kox instituti rahbari Lotar Viler koronavirus pandemiyasi ikki yil davom etishi mumkinligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 bilan dunyo aholisining 60—70 foizi kasallanishi mumkin, shundan so‘ng immunitetning rivojlanishi bilan pandemiyani to‘xtatishga umid qilish mumkin.

Mavzuga doir: COVID-19 koronavirusining vaksinalari qaysi davlatlarda ishlab chiqilmoqda va qachon paydo bo‘ladi?

Joriy yilning 11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni pandemiya deb e'lon qildi. Tashkilotning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning 160 dan ortiq mamlakatida 200 mingdan ortiq odam koronavirusni yuqtirib olgan. JSST koronavirusga qarshi vaksinalarning ilk sinovlari boshlanganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют