» » Ukrainada bir hafta ichida 200 ming nafar odam o‘tkir respirator viruslarni yuqtirib oldi

Ukrainada bir hafta ichida 200 ming nafar odam o‘tkir respirator viruslarni yuqtirib oldi


O‘tgan haftada 200 ming nafardan ko‘proq kishida o‘tkir respirator virusli infeksiyalar yuqtirib olish holatlari kuzatilgan, bemorlarning 66 foiz qismini bolalar tashkil etadi. Bu haqda Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Vazirlik mamlakatda gripp infeksiyasining yoyila boshlaganini tasdiqlagan, kasallanish ko‘rsatkichi epidemiya darajasidan 10 foiz balandroq.

Oxirgi yetti kun davomida Ukrainada uch nafar odam gripp oqibatida vafot etgan. Vazirlik bayonotiga ko‘ra, o‘lganlarning hech biri grippga qarshi emlanmagan.

Ukrainada koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish maqsadida 3-aprelga qadar karantin e’lon qilingan. Mamlakatda o‘quv muassasalari yopilgan, ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlangan va aviaqatnovlar to‘xtatilgan. Oliy Rada koronavirusning tarqalishiga qarshi kurashga qaratilgan qonunni qabul qilgan. Hujjatga ko‘ra, kasalligini bilsa ham odamlar bilan muloqotni davom ettirgan va atayin infeksiya tarqatganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi, karantin talablariga bo‘ysunmagan fuqarolar va davlat xizmatchilariga jarimalar tayinlash ko‘zda tutilgan.

19-mart holatiga ko‘ra, Ukrainada COVID-19 koronavirusini yuqtirib olganlar soni 16 nafarni tashkil qiladi, ikki kishi infeksiya keltirib chiqargan pnevmoniya kasalligi oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: Ukrainada koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim qayd etildi

Avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirusga qarshi kurash uchun biznesmenlardan 500 million dollar so‘ragani, shuningdek ukrainaliklarga karantin vaqtida demografiyani ko‘paytirishni maslahat bergani haqida xabarlar berilgan.

Mavzuga doir: Fotoreportaj: Ukrainada qishloq aholisi Xitoydan evakuatsiya qilinganlarni karantin hududiga o‘tkazmadi

Butun dunyoda qariyb 220 ming nafar odam kasallikni yuqtirib olgan; tuzalganlar 85,7 ming nafar, vafot etganlar esa 9 ming nafarni tashkil qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют