» » Karantin sabab Venetsiyadagi kanallarda baliq va delfinlar paydo bo‘ldi

Karantin sabab Venetsiyadagi kanallarda baliq va delfinlar paydo bo‘ldi


Venetsiyada bir haftalik karantindan so‘ng mahalliy aholi kanallarda baliqlar va hatto delfinlarni uchratmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Ta’kidlanishicha, karantin sabab turistlar kelmayotgani munosabati bilan kanallarda oqayotgan suvlar shaffoflashgan. Baliqlar yetmaganidek, kanallarda delfinlar ham uchramoqda.

Twitter’dagi Franchesko Delrio ismli foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqqa Venetsiyadagi suvi toza kanallarda suzayotgan baliqlar, delfinlar, favvorada yurgan o‘rdak va shahar maydonida sayr qilayotgan yovvoyi to‘ng‘izning suratini joylagan.

“Havodagi ifloslanish kamaydi. Tabiat Italiyadagi karantin vaqtida o‘z kuchini qayta tiklamoqda”, — deb yozadi foydalanuvchi.

Italiya koronavirus oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketdi. Kasallanganlar soni 41 mingdan, vafot etganlar 3400 dan oshib ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют