» » Fransiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 11 ming kishiga yetdi

Fransiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 11 ming kishiga yetdi


Fransiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni bir kunda qariyb 2 ming kishiga ko‘paydi va 11 ming kishiga yetdi. Kasallikdan 372 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Jerom Salomon ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“Fransiyada epidemiya kuchaymoqda. Bugun bizda 10995 ta tasdiqlangan holat mavjud”, — dedi Salomon brifingda. Unga ko‘ra, 4461 kishi kasalxonalarga joylashtirilgan. Ulardan 1112 kishining ahvoli og‘ir.

O‘tgan kun davomida kasallik tufayli vafot etganlar soni 100 taga ko‘paygan va 372 kishini tashkil qilgan. 18-mart kuni 9134 ta holat va 264 kishi vafot etgani ma’lum bo‘lgan.

“Kasallanganlarning soni har to‘rt kunda ikki baravar ko‘paymoqda. Eng ko‘p zarar ko‘rgan oltita mintaqa hanuzgacha Korsika, Grand-Est, Il-de-Frans, Burgundiya - Fransh-Komte va Overn - Ron-Alp bo‘lib qolmoqda”, — dedi Salomon.

Fransiyadagi koronavirus epidemiyasi uchinchi darajaga o‘tdi. 17-martdan boshlab Fransiya kamida ikki hafta davomida odamlar harakatiga qat'iy cheklovlar qo‘ydi. Mamlakatda kafelar, restoranlar, kinoteatrlar va nooziq-ovqat do‘konlar yopilgan. Dorixonalar, oziq-ovqat do‘konlari, banklar, yonilg‘i quyish shoxobchalari va tamaki do‘konlari ochiq qolmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 72) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют