» » Gollivud aktrisasi Emma Stounning to‘yi koronavirus tufayli qoldirildi

Gollivud aktrisasi Emma Stounning to‘yi koronavirus tufayli qoldirildi


31 yoshli Emma Stoun va uning 34 yoshli qallig‘i Deyv MakKeri koronavirus tufayli to‘ylarini qoldirishga majbur bo‘ldi, deb yozadi Cosmopolitan.

Koronavirus AQShning barcha shtatlarida qayd etildi. Mamlakat hukumati fuqarolardan karantinga rioya etishga va 10 kishidan ko‘proq mehmon ishtirok etadigan ommaviy tadbirlarni o‘tkazmaslikka chaqirdi.

“La La Lend” filmi yulduzi to‘yini kam sonli mehmonlar bilan o‘tkazishni istamagani uchun tantanali marosimni qoldirishga qaror qildi.

Juftlikning to‘yi 14-mart kuni Los-Anjelesda o‘tkazilishi kerak edi. Biroq aktrisa belgilangan sanadan bir kun avval mehmonlarga qo‘ng‘iroq qilib, to‘y qoldirilganini aytdi.

Emma va Deyv pandemiya keng tarqalayotgani bois to‘y uchun yangi sanani hali belgilagani yo‘q.

Koronavirus tufayli yana bir yulduzli juftlikning to‘yi qoldirilishi mumkin. Model Natalya Vodyanova va Antuan Arno joriy yilning yozida turmush qurishni rejalashtirayotgan edi. Fransiyaning Shampan shahrida o‘tkazilishi aytilgan to‘yga 300 kishi kelishi kutilmoqda.

Biroq ushbu to‘y ham koronavirus karantini tufayli bo‘lmasligi mumkin.

Avvalroq Keti Perri va Orlando Blum ham koronavirus tufayli to‘yni kechiktirgan edi.

Mavzuga doir: Eurovision tanlovi koronavirus tufayli qoldirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют