» » Yunusobod metro liniyasi yana yopildi

Yunusobod metro liniyasi yana yopildi


Bugun, 20-mart kuni, Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasi vaqtincha yopildi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yo‘nalish yangi stansiyalarni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida va texnik ishlar olib borilishi munosabati yopilgan.

Yunusobod metro liniyasi kecha, 19-mart kuni, ham yangi stansiyalarni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun yopilgan, ammo yo‘lovchilar bu haqda oldindan ogohlantirilmagandi.

“Ko dnu” kanali “Yo‘lovchilar oldindan ogohlantirildimi? Dublyor avtobus qo‘yish haqida o‘ylab ko‘rilmaydimi? Metro qachon ochilishi aytilmaydimi?”, degan savollarni o‘rtaga tashlagandi.

O‘zbekiston temir yo‘llari matbuot xizmati  bunday xabarlarni yorituvchi blogger va jurnalistlardan yangi obyektlarini qurishda texnik tomon bilan bog‘liq bunday rejalashtirilmagan choralar ko‘rilayotganini to‘g‘ri tushunishlarini va aholi o‘rtasida salbiy talqinlarni tarqatmaslikni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют